Landscape MP4 Vertical MP4

Sura A'rof — Oyat 38 (Oʻzbekcha) — Video

A'rof • Oyat 206 dan 38 • Oʻzbekcha


قَالَ ادْخُلُوا فِي أُمَمٍ قَدْ خَلَتْ مِنْ قَبْلِكُمْ مِنَ الْجِنِّ وَالْإِنْسِ فِي النَّارِ ۖ كُلَّمَا دَخَلَتْ أُمَّةٌ لَعَنَتْ أُخْتَهَا ۖ حَتَّىٰ إِذَا ادَّارَكُوا فِيهَا جَمِيعًا قَالَتْ أُخْرَاهُمْ لِأُولَاهُمْ رَبَّنَا هَٰؤُلَاءِ أَضَلُّونَا فَآتِهِمْ عَذَابًا ضِعْفًا مِنَ النَّارِ ۖ قَالَ لِكُلٍّ ضِعْفٌ وَلَٰكِنْ لَا تَعْلَمُونَ 38
Tarjima:
U zot: «Sizdan oldin o`tgan, jin va insdan bo`lgan ummatlar bilan do`zaxga kiring», – der. Qachonki, qaysi bir ummat (do`zaxga) kirsa, sherigini la'natlar. Biroq u yerda hammalari topishganlarida, keyingilari avvalgilarini (malomat qilib): «Ey Robbimiz, bizni anavilar adashtirgan edilar. Ularga do`zax azobini ikki barobar qilib ber», – derlar. U zot: «Hammaga ham ikki barobar, lekin bilmaysizlar», – der. A'rof 7:38
Tafsir:
Ularga farishtalar dedilar: "Ey mushriklar, oldingi kufru zalolatda oʻtgan insu jindan iborat ummatlar qatorida doʻzaxga kiringiz". Qaysi brir ummat unga kirar ekan, oʻzidan oldingi oʻtgan sherigini lanatlay boshlaydi. Hammalari uchrashib, bir joyga jam boʻlganlarida keyingi kirgan tobelar oldingi kirgan peshvolarni koʻrsatib: "Parvardigoro, anavi peshvolar bizga zalolat yoʻlini chiroyli qilib koʻrsatib, hidoyat yoʻlidan ozdirganlari tufayli ularga azobingni ikki barobar qilib ber", derlar. Alloh ularga raddiya bildirib, shunday deydi: "Sizlardan har bir toifaga ikki barobar azob bor. Lekin sizlar buni bilmassizlar, idrok qila olmassizlar".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi A'rof • Oyat 37 Keyingi A'rof • Oyat 39