Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 40)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 40

إِنَّ الَّذِينَ كَذَّبُوا بِآيَاتِنَا وَاسْتَكْبَرُوا عَنْهَا لَا تُفَتَّحُ لَهُمْ أَبْوَابُ السَّمَاءِ وَلَا يَدْخُلُونَ الْجَنَّةَ حَتَّىٰ يَلِجَ الْجَمَلُ فِي سَمِّ الْخِيَاطِ ۚ وَكَذَٰلِكَ نَجْزِي الْمُجْرِمِينَ 40 ٤٠

Albatta, oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlar va ulardan kibr qilganlarga osmon eshiklari ochilmas va ular tuya igna teshigidan o`tmaguncha jannatga kirmaslar. Jinoyatchilarni mana shunday jazolaymiz. (40)

Tafsir
Ochiq oyatlarimizni yolgʻonga chiqarib, ularga boʻysunishdan oʻzlarini katta olganlar hamma ezguliklardan mahrumdirlar. Ularga tirikligida ham, oʻlganidan keyin ham samo eshiklari ochilmas va ular to tuya ignaning teshigidan oʻtmagunicha hech qachon jannatga kirmaslar. Eng katta hayvonlardan biri tuyaning eng kichik joy boʻlmish ignaning teshigidan oʻtishi amri maholdir, amalga oshmaydigan ishdir. Demak, ularning jannatga kirishi hech qachon amalga oshmaydi. Gunohlari juda kattalashib ketgan kimsalarni Alloh mana shunday jazolaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin