Albatta, oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlar va ulardan kibr qilganlarga osmon eshiklari ochilmas va ular tuya igna teshigidan o`tmaguncha jannatga kirmaslar. Jinoyatchilarni mana shunday jazolaymiz. Al-A'raf 7:40 ⧉
Tafsir:
Ochiq oyatlarimizni yolgʻonga chiqarib, ularga boʻysunishdan oʻzlarini katta olganlar hamma ezguliklardan mahrumdirlar. Ularga tirikligida ham, oʻlganidan keyin ham samo eshiklari ochilmas va ular to tuya ignaning teshigidan oʻtmagunicha hech qachon jannatga kirmaslar. Eng katta hayvonlardan biri tuyaning eng kichik joy boʻlmish ignaning teshigidan oʻtishi amri maholdir, amalga oshmaydigan ishdir. Demak, ularning jannatga kirishi hech qachon amalga oshmaydi. Gunohlari juda kattalashib ketgan kimsalarni Alloh mana shunday jazolaydi.