Ularga jahannamdan to`shak va ustlariga choyshab bor. Zolimlarni mana shunday jazolaymiz. A'rof 7:41 ⧉
Tafsir:
Haqni yolgʻonga chiqargan oʻsha mutakabbirlarning ostlariga soladigan toʻshaklari jahannam, ustlariga yopadigan yopinchiqlari esa olov boʻladi. Biz kufru sarkashligi bilan Alloh belgilab qoʻygan hadlardan oshadiganlarni mana shunday jazolaymiz.