Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 46)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 46

وَبَيْنَهُمَا حِجَابٌ ۚ وَعَلَى الْأَعْرَافِ رِجَالٌ يَعْرِفُونَ كُلًّا بِسِيمَاهُمْ ۚ وَنَادَوْا أَصْحَابَ الْجَنَّةِ أَنْ سَلَامٌ عَلَيْكُمْ ۚ لَمْ يَدْخُلُوهَا وَهُمْ يَطْمَعُونَ 46 ٤٦

Oralarida to`siq bor, u devorlar ustidagi kishilar hammalarini siymolaridan tanirlar. Tama' qilgan hollarida kirmay turgan jannat egalariga: «Sizga salom bo`lsin», – deb nido qilurlar. (46)

Tafsir
Bu, ikki guruh - jannatiylar va doʻzaxiylar orasida bir baland toʻsiq boʻlib, uning nomi arofdir. Yaxshi amallari bilan yomon amallari teng kelib qolgan odamlar shu toʻsiq ustida turadilar. Ular jannatiylarni oq yuzli boʻlishi kabi belgilaridan, doʻzaxiylarni ham qora yuzli boʻlishi kabi belgilaridan taniydilar va jannatiylarga ehtirom koʻrsatib: "Sizlarga tinchlik-salomatlik boʻlsin", deydilar. Bu paytda arofdagilar hali jannatga kirmagan boʻladilar. Ular Allohning rahmati ila jannatga kirishdan umidvor boʻlib turadilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin