Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 63)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 63

أَوَعَجِبْتُمْ أَنْ جَاءَكُمْ ذِكْرٌ مِنْ رَبِّكُمْ عَلَىٰ رَجُلٍ مِنْكُمْ لِيُنْذِرَكُمْ وَلِتَتَّقُوا وَلَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ 63 ٦٣

O`zingizdan bo`lgan bir kishiga, sizlarni ogohlantirish uchun va taqvo qilib, shoyad, rahmatga erishsangiz deb, Robbingizdan eslatma kelganidan ajablanasizlarmi?!» – dedi. (63)

Tafsir
Oʻzlaringizdan boʻlgan bir odamning tilidan sizlarga vahiy va nasihat kelsa, shunga ajablanasizlarmi? Axir u oʻzlaringizning orangizda katta boʻlgandi-ku. Biron marta yolgʻon gapirmagandi-ku, zalolat yoʻliga yurmagandi-ku. U xuddi sizlarga oʻxshagan odam edi-ku. Tanib olish qiyin boʻlgan boshqa bir maxluq emasdi-ku. U sizlarni haqni yolgʻonga chiqarib, osiylik qiladigan boʻlsangizlar, Allohning azobiga giriftor boʻlishingizdan ogohlantirish hamda Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish bilan taqvo qilishga chorlash uchun kelgan. U bu ishlarni sizlarga rahm qilinishini koʻzlab, sizlarning foydangizni oʻylab qiladi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin