Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 64)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 64

فَكَذَّبُوهُ فَأَنْجَيْنَاهُ وَالَّذِينَ مَعَهُ فِي الْفُلْكِ وَأَغْرَقْنَا الَّذِينَ كَذَّبُوا بِآيَاتِنَا ۚ إِنَّهُمْ كَانُوا قَوْمًا عَمِينَ 64 ٦٤

Bas, uni yolg`onchiga chiqardilar. So`ng, Biz uni va u bilan birga bo`lganlarni kemada qutqardik va oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlarni g`arq qildik. Chunki, ular ko`r qavm edilar. (64)

Tafsir
Qavmi unga iymon keltirmadi. Uni yolgʻonchiga chiqardi. Oʻzlarining kufru zalolatida davom etaverdi. Shunda Nuh ularni halok qilishini soʻrab, Allohga duo qildi. Bas, Biz uning oʻzini va u bilan birga boʻlgan moʻminlarni gʻarq boʻlishdan asradik. Oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlarni esa jazolab, toʻfonga gʻarq qildik. Ularni qalbi koʻr edi. Haqni koʻrmas edi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin