Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 72)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 72

فَأَنْجَيْنَاهُ وَالَّذِينَ مَعَهُ بِرَحْمَةٍ مِنَّا وَقَطَعْنَا دَابِرَ الَّذِينَ كَذَّبُوا بِآيَاتِنَا ۖ وَمَا كَانُوا مُؤْمِنِينَ 72 ٧٢

Bas, unga va u bilan birga bo`lganlarga O`z rahmatimiz ila najot berdik va oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlarning ketlarini uzdik. Ular mo`min emas edilar. (72)

Tafsir
Biz Hud alayhissalom va u kishi bilan birga boʻlgan moʻminlarni Oʻz rahmatimiz ila salomat qildik. Oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlarni esa tag-tugi bilan qirib tashladik. Ular moʻminlar boʻlmadilar. Aksincha, haqni yolgʻonga chiqarib, azobga loyiq kimsalarga aylandilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin