Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 73)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 73

وَإِلَىٰ ثَمُودَ أَخَاهُمْ صَالِحًا ۗ قَالَ يَا قَوْمِ اعْبُدُوا اللَّهَ مَا لَكُمْ مِنْ إِلَٰهٍ غَيْرُهُ ۖ قَدْ جَاءَتْكُمْ بَيِّنَةٌ مِنْ رَبِّكُمْ ۖ هَٰذِهِ نَاقَةُ اللَّهِ لَكُمْ آيَةً ۖ فَذَرُوهَا تَأْكُلْ فِي أَرْضِ اللَّهِ ۖ وَلَا تَمَسُّوهَا بِسُوءٍ فَيَأْخُذَكُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ 73 ٧٣

Va Samudga o`z birodari Solihni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan o`zga iloh yo`q. Sizga Robbingizdan hujjat keldi. Allohning mana bu tuyasi sizlarga belgidir. Uni Allohning yerida tek qo`yinglar. Unga yomonlik yetkazmanglar. Yana sizni alamli azob tutmasin-a! (73)

Tafsir
Samud qavmiga uning birodari Solihni yubordik. U ham Allohni yagona deb bilish va Ungagina ibodat qilishga davat etdi. Solih dedi: "Ey qavmim, yolgʻiz Allohgagina ibodat qilingiz. Undan oʻzga chin mabud yoʻqdir. Sizlarga olib kelganim risolatning haqligiga Alloh tarafidan ochiq oyat-hujjat kelgan. U xarsang tosh ichidan chiqadigan tuyada oʻz ifodasini topgan. Uning ichadigan oʻz vaqti bor. Sizlar uchun ham ichishga aniq bir kun tayin qilingan. Uni tek qoʻyinglar. Allohning yerida yeb-ichib yuraversin. Sizlarga uning ogʻirlik qiladigan joyi yoʻq. Uni sizlar boqmaysizlar. Unga ozor bermangiz. Tagʻin unga ozor berib qoʻyib, oʻzlaringiz ham alamli azobga giriftor boʻlib yurmangiz.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin