Va Samudga o`z birodari Solihni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan o`zga iloh yo`q. Sizga Robbingizdan hujjat keldi. Allohning mana bu tuyasi sizlarga belgidir. Uni Allohning yerida tek qo`yinglar. Unga yomonlik yetkazmanglar. Yana sizni alamli azob tutmasin-a! Al-A'raf 7:73 ⧉
Tafsir:
Samud qavmiga uning birodari Solihni yubordik. U ham Allohni yagona deb bilish va Ungagina ibodat qilishga davat etdi. Solih dedi: "Ey qavmim, yolgʻiz Allohgagina ibodat qilingiz. Undan oʻzga chin mabud yoʻqdir. Sizlarga olib kelganim risolatning haqligiga Alloh tarafidan ochiq oyat-hujjat kelgan. U xarsang tosh ichidan chiqadigan tuyada oʻz ifodasini topgan. Uning ichadigan oʻz vaqti bor. Sizlar uchun ham ichishga aniq bir kun tayin qilingan. Uni tek qoʻyinglar. Allohning yerida yeb-ichib yuraversin. Sizlarga uning ogʻirlik qiladigan joyi yoʻq. Uni sizlar boqmaysizlar. Unga ozor bermangiz. Tagʻin unga ozor berib qoʻyib, oʻzlaringiz ham alamli azobga giriftor boʻlib yurmangiz.