Va sizlarni Oddan keyin xalifa qilganini va sizga yer yuzida imkon berib, tekisliklarida qasrlar qurib, tog`lardan uylar o`yganlaringizni eslang. Allohning ne'matlarini eslang va yer yuzida fasod-la buzg`unchilik qilmang!» – dedi. A'rof 7:74 ⧉
Tafsir:
Allohning sizlarga ato etgan nematini eslangiz. Od qavmi kufru yolgʻonga chiqarish kabi jinoyatlari tufayli halokatga uchraganlaridan keyin zaminni sizlarga maskan qilib berdi. Sizlar unda umrguzaronlik qildingiz, murod-maqsadlaringizga yetdingiz. Uy qurish uchun togʻlardan xarsang toshlarni kesib olib, tekis yerlarda qasrlar qurdingiz. Allohning nematlarini eslangiz. Zora U Zotga shukr qilsangiz. Yer yuzida buzgʻunchilik qilmangiz, yani, Allohga kufr keltirish va gunohlar sodir etish kabi jinoyatlardan tiyilingiz.