Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 74)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 74

وَاذْكُرُوا إِذْ جَعَلَكُمْ خُلَفَاءَ مِنْ بَعْدِ عَادٍ وَبَوَّأَكُمْ فِي الْأَرْضِ تَتَّخِذُونَ مِنْ سُهُولِهَا قُصُورًا وَتَنْحِتُونَ الْجِبَالَ بُيُوتًا ۖ فَاذْكُرُوا آلَاءَ اللَّهِ وَلَا تَعْثَوْا فِي الْأَرْضِ مُفْسِدِينَ 74 ٧٤

Va sizlarni Oddan keyin xalifa qilganini va sizga yer yuzida imkon berib, tekisliklarida qasrlar qurib, tog`lardan uylar o`yganlaringizni eslang. Allohning ne'matlarini eslang va yer yuzida fasod-la buzg`unchilik qilmang!» – dedi. (74)

Tafsir
Allohning sizlarga ato etgan nematini eslangiz. Od qavmi kufru yolgʻonga chiqarish kabi jinoyatlari tufayli halokatga uchraganlaridan keyin zaminni sizlarga maskan qilib berdi. Sizlar unda umrguzaronlik qildingiz, murod-maqsadlaringizga yetdingiz. Uy qurish uchun togʻlardan xarsang toshlarni kesib olib, tekis yerlarda qasrlar qurdingiz. Allohning nematlarini eslangiz. Zora U Zotga shukr qilsangiz. Yer yuzida buzgʻunchilik qilmangiz, yani, Allohga kufr keltirish va gunohlar sodir etish kabi jinoyatlardan tiyilingiz.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin