Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 86)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 86

وَلَا تَقْعُدُوا بِكُلِّ صِرَاطٍ تُوعِدُونَ وَتَصُدُّونَ عَنْ سَبِيلِ اللَّهِ مَنْ آمَنَ بِهِ وَتَبْغُونَهَا عِوَجًا ۚ وَاذْكُرُوا إِذْ كُنْتُمْ قَلِيلًا فَكَثَّرَكُمْ ۖ وَانْظُرُوا كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الْمُفْسِدِينَ 86 ٨٦

Har ko`chada o`tirib olib qo`rqitmang. Allohning yo`lidan Unga iymon keltirganlarni to`smang va u(yo`l)ning egri bo`lishini istamang. Oz bo`lgan chog`ingizda sizni ko`paytirib qo`yganini eslang. Buzg`unchilarning oqibati qanday bo`lganiga nazar soling. (86)

Tafsir
Har koʻchaning boshida turib olib, oʻtgan-ketganlarning mol-davlatini talon-taroj qilmangiz, Allohning yoʻliga yurmoqchi boʻlganlarning yoʻlini toʻsmangiz. Maqsadingiz Allohning yoʻlini ogʻir qilib koʻrsatib, odamlarni undan bezdirish boʻlmasin. Allohning nematini eslab, U Zotga shukr qilingiz. Oz sonli odamlar edingiz, Alloh sizlarni koʻpaytirdi. Oldingi buzgʻunchilarning oqibati haqida fikr yuritingiz. Axir ularning oqibati halokat va xarobalik boʻlmaganmidi?!

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin