Landscape MP4 Vertical MP4

Sura A'rof — Oyat 86 (Oʻzbekcha) — Video

A'rof • Oyat 206 dan 86 • Oʻzbekcha


وَلَا تَقْعُدُوا بِكُلِّ صِرَاطٍ تُوعِدُونَ وَتَصُدُّونَ عَنْ سَبِيلِ اللَّهِ مَنْ آمَنَ بِهِ وَتَبْغُونَهَا عِوَجًا ۚ وَاذْكُرُوا إِذْ كُنْتُمْ قَلِيلًا فَكَثَّرَكُمْ ۖ وَانْظُرُوا كَيْفَ كَانَ عَاقِبَةُ الْمُفْسِدِينَ 86
Tarjima:
Har ko`chada o`tirib olib qo`rqitmang. Allohning yo`lidan Unga iymon keltirganlarni to`smang va u(yo`l)ning egri bo`lishini istamang. Oz bo`lgan chog`ingizda sizni ko`paytirib qo`yganini eslang. Buzg`unchilarning oqibati qanday bo`lganiga nazar soling. A'rof 7:86
Tafsir:
Har koʻchaning boshida turib olib, oʻtgan-ketganlarning mol-davlatini talon-taroj qilmangiz, Allohning yoʻliga yurmoqchi boʻlganlarning yoʻlini toʻsmangiz. Maqsadingiz Allohning yoʻlini ogʻir qilib koʻrsatib, odamlarni undan bezdirish boʻlmasin. Allohning nematini eslab, U Zotga shukr qilingiz. Oz sonli odamlar edingiz, Alloh sizlarni koʻpaytirdi. Oldingi buzgʻunchilarning oqibati haqida fikr yuritingiz. Axir ularning oqibati halokat va xarobalik boʻlmaganmidi?!
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi A'rof • Oyat 85 Keyingi A'rof • Oyat 87