Agar sizdan bir toifa men ila yuborilgan narsaga iymon keltirgan va boshqa toifa iymon keltirmagan bo`lsa, bas, Alloh oramizda hukm qilguncha sabr qilinglar. U hukm qiluvchilarning yaxshisidir», – dedi. Al-A'raf 7:87 ⧉
Tafsir:
Orangizdagi bir jamoa Parvardigorim tarafidan men olib kelgan risolatga iymon keltirsa, boshqa bir jamoa esa iymon keltirmasa, bas, ey haqni yolgʻonga chiqaradiganlar, Alloh orangizni ajrim qiladigan kunni kutingiz. Alloh eng yaxshi ajrim qiladigan, eng adolatli hukm chiqaradigan Zotdir.