Landscape MP4 Vertical MP4

Sura A'rof — Oyat 85 (Oʻzbekcha) — Video

A'rof • Oyat 206 dan 85 • Oʻzbekcha


وَإِلَىٰ مَدْيَنَ أَخَاهُمْ شُعَيْبًا ۗ قَالَ يَا قَوْمِ اعْبُدُوا اللَّهَ مَا لَكُمْ مِنْ إِلَٰهٍ غَيْرُهُ ۖ قَدْ جَاءَتْكُمْ بَيِّنَةٌ مِنْ رَبِّكُمْ ۖ فَأَوْفُوا الْكَيْلَ وَالْمِيزَانَ وَلَا تَبْخَسُوا النَّاسَ أَشْيَاءَهُمْ وَلَا تُفْسِدُوا فِي الْأَرْضِ بَعْدَ إِصْلَاحِهَا ۚ ذَٰلِكُمْ خَيْرٌ لَكُمْ إِنْ كُنْتُمْ مُؤْمِنِينَ 85
Tarjima:
Va Madyanga o`z birodarlari Shu'aybni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qiling. Sizga Undan o`zga iloh yo`q. Batahqiq, sizga Robbingizdan hujjat keldi. Bas, o`lchov va tarozuni to`liq ado eting, odamlarning narsalaridan kamaytirib qolmang va yer yuzida uning islohidan keyin buzg`unchilik qilmang. Agar mo`min bo`lsangiz, shunday qilmog`ingiz o`zingiz uchun yaxshidir. A'rof 7:85
Tafsir:
Madyan qabilasiga oʻz birodarlari Shuayb alayhissalomni yubordik. U dedi: "Ey qavm, yolgʻiz Allohga ibodat qilingiz. Undan oʻzga chin mabud yoʻqdir. Sizlarga Alloh tarafidan olib kelganim risolat Parvardigorim tomonidan ekanini tasdiqlaydigan ochiq hujjat keldi. Odamlarning haqlariga rioya qilib, tarozu va boshqa oʻlchovlarni toʻla qiling. Aybini yashirib, kamaytirib yoki aldov yoʻli bilan savdo qilmang. Paygʻambarlar yuborilishi bilan endigina obod boʻlgan yerni yana kufru masiyatlar ila xarobaga aylantirmang. Shunday qilsangiz, oʻzingizga yaxshi, oʻzingizga foyda. Chunki bu ishda Allohning taqiqlaridan tiyilib, gunohlarni tark qilish hamda Allohning buyruqlarini bajarish bilan U Zotga yaqinlashish bordir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi A'rof • Oyat 84 Keyingi A'rof • Oyat 86