Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 88)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 88

قَالَ الْمَلَأُ الَّذِينَ اسْتَكْبَرُوا مِنْ قَوْمِهِ لَنُخْرِجَنَّكَ يَا شُعَيْبُ وَالَّذِينَ آمَنُوا مَعَكَ مِنْ قَرْيَتِنَا أَوْ لَتَعُودُنَّ فِي مِلَّتِنَا ۚ قَالَ أَوَلَوْ كُنَّا كَارِهِينَ 88 ٨٨

Uning qavmidan mutakabbir bo`lgan zodagonlar: «Ey Shu'ayb, yoki, albatta, seni va sen bilan birga iymon keltirganlarni o`z qishlog`imizdan chiqaramiz yoki o`z millatimizga qaytasizlar», – dedilar. U: «Garchi yomon ko`ruvchi bo`lsak ham-a?! (88)

Tafsir
Shuayb alayhissalomga qavmining mutakabbir boyonlari va zodagonlari dedilar: "Ey Shuayb, yo sen dinimizga qaytasan yoki seni tobelaringga qoʻshib qishlogʻimizdan quvib solamiz". Shuayb bu gapdan ajablanib: "Nohaqligingizni bilamiz. Shuning uchun diningizni yoqtirmaymiz. Endi oʻzimiz yoqtirmagan dinga tobe boʻlaylikmi?", dedi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin