Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 95)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 95

ثُمَّ بَدَّلْنَا مَكَانَ السَّيِّئَةِ الْحَسَنَةَ حَتَّىٰ عَفَوْا وَقَالُوا قَدْ مَسَّ آبَاءَنَا الضَّرَّاءُ وَالسَّرَّاءُ فَأَخَذْنَاهُمْ بَغْتَةً وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ 95 ٩٥

So`ngra yomonlikni yaxshilikka almashtirganmiz. Toki, ko`payishib va «Ota-bobolarimizga ham qiyinchilik va xursandchilik yetgan edi», deganlarida, ularni o`zlariga sezdirmay, to`satdan tutganmiz. (95)

Tafsir
Keyin esa baxtsizlik, kasallik kabi ofatlarni bartaraf etib, ularga yaxshilik, farovonlik, tinchlik-omonlikni inom etdik. Shu bilan odam sonlari ham, mol-davlatlari ham koʻpaygandan-koʻpayib boraverdi. Badanlariga jir bitganidan keyin yana oʻzlaridan ketib: "Hali yaxshilik, hali yomonlik boʻlib turishi odatiy hol, ota-bobolarimizda ham shunday boʻlgan", dedilar. Ular musibatning ibrat uchun, nematning esa istidroj uchun berilishini anglab yetolmadilar. Shundan soʻng Biz ularni toʻsatdan, kutmagan joylarida azob bilan tutdik.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin