Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 96)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 96

وَلَوْ أَنَّ أَهْلَ الْقُرَىٰ آمَنُوا وَاتَّقَوْا لَفَتَحْنَا عَلَيْهِمْ بَرَكَاتٍ مِنَ السَّمَاءِ وَالْأَرْضِ وَلَٰكِنْ كَذَّبُوا فَأَخَذْنَاهُمْ بِمَا كَانُوا يَكْسِبُونَ 96 ٩٦

Agar qishloqlar ahllari iymon keltirganlarida va taqvo qilganlarida edi, Biz, albatta, ularga osmonu yerdan barakotlarni ochib qo`yar edik. Lekin ular yolg`onga chiqardilar, bas, ularni qilgan kasblari tufayli tutdik. (96)

Tafsir
Biz elchilarimizni yuborgan yurtlardagi odamlar ular olib kelgan risolatni rost bilib, Parvardigoridan kufru masiyatni tark etish va buyruqlarini bajarish bilan taqvo qilganlarida edi, ularga yaxshilik eshiklarini har tarafdan ochib qoʻygan boʻlar edik. Lekin ular risolatni rost bilmadilar va taqvo qilmadilar. Aksincha, paygʻambarlari olib kelgan xabarni yolgʻonga chiqardilar. Bas, ularni shu qilgan gunohlari tufayli toʻsatdan azob bilan tutdik.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin