Sura Al-A'raf (Aʼrof — الأعراف) (Oyat 99)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




7 Al-A'raf(الأعراف), Oyat 99

أَفَأَمِنُوا مَكْرَ اللَّهِ ۚ فَلَا يَأْمَنُ مَكْرَ اللَّهِ إِلَّا الْقَوْمُ الْخَاسِرُونَ 99 ٩٩

Allohning makridan xotirjam bo`ldilarmi?! Allohning makridan faqat ziyon ko`ruvchi qavmlargina xotirjam bo`lurlar. (99)

Tafsir
Istidroj uchun, yani, yanada koʻproq gunoh qilishlariga qoʻyib berib, Alloh ularga muhlat berdi hamda kuch-quvvat va keng rizq, mol-davlat ato etdi. Xoʻsh, endi haqni yolgʻonga chiqargan bu badbaxtlar Allohning makri va maxfiy tadbiridan xotirjam boʻlib qoldilarmi? Allohning makridan faqat oʻzini oʻzi halokat chohiga otadigan betavfiqlargina xotirjam boʻladilar. Alloh tavfiq berib qoʻyganlar esa U Zotning makridan qoʻrqib, bergan nematlariga aldanib qolmaydilar. Oʻzlariga koʻrsatilayotgan fazlu marhamatning nechogʻli buyukligini anglab, oʻshanga yarasha shukr qiladilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin