Sura Maorij (Yuksalish yo‘llari) — سُورَةُ المعارج
سَأَلَ سَائِلٌ بِعَذَابٍ وَاقِعٍ i
So`rovchi voqe' bo`luvchi azob haqida so`radi. (1)
لِلْكَافِرِينَ لَيْسَ لَهُ دَافِعٌ i
Kofirlarga. Uni daf' qiluvchi yo`qdir. (2)
مِنَ اللَّهِ ذِي الْمَعَارِجِ i
U Allohdan — ma'orijlar egasidandir. (3)
تَعْرُجُ الْمَلَائِكَةُ وَالرُّوحُ إِلَيْهِ فِي يَوْمٍ كَانَ مِقْدَارُهُ خَمْسِينَ أَلْفَ سَنَةٍ i
Farishtalar va Ruh Uning huzuriga miqdori ellik ming yil bo`lgan kunda ko`tarilur. (4)
فَاصْبِرْ صَبْرًا جَمِيلًا i
Bas, chiroyli sabr qil. (5)
إِنَّهُمْ يَرَوْنَهُ بَعِيدًا i
Albatta, ular u(qiyomat)ni uzoq deb biladir. (6)
وَنَرَاهُ قَرِيبًا i
Va Biz uni juda yaqin deb bilurmiz. (7)
يَوْمَ تَكُونُ السَّمَاءُ كَالْمُهْلِ i
U kunda osmon xuddi qora moy qoldiqlariga o`xshab qoladir. (8)
وَتَكُونُ الْجِبَالُ كَالْعِهْنِ i
Va tog`lar xuddi titilgan junga o`xshab qoladir. (9)
وَلَا يَسْأَلُ حَمِيمٌ حَمِيمًا i
Va yaqin do`st o`z do`stidan so`ramaydir. (10)
يُبَصَّرُونَهُمْ ۚ يَوَدُّ الْمُجْرِمُ لَوْ يَفْتَدِي مِنْ عَذَابِ يَوْمِئِذٍ بِبَنِيهِ i
Ularni ko`rib turadirlar. Gunohkor o`sha kun azobidan qutulish uchun o`z bolalarini ham. (11)
وَصَاحِبَتِهِ وَأَخِيهِ i
Va xotinini va aka-ukasini ham. (12)
وَفَصِيلَتِهِ الَّتِي تُؤْوِيهِ i
Va uni o`ziga olgan qabilasini ham. (13)
وَمَنْ فِي الْأَرْضِ جَمِيعًا ثُمَّ يُنْجِيهِ i
Va yer yuzidagi jamiyki kimsalarni ham fido qilishni xohlaydir. So`ngra o`zi najot topsa. (14)
كَلَّا ۖ إِنَّهَا لَظَىٰ i
Yo`q! Albatta, u(jahannam) kuchli alangadur. (15)
نَزَّاعَةً لِلشَّوَىٰ i
Boshning terisini sidirib oluvchidur. (16)
تَدْعُو مَنْ أَدْبَرَ وَتَوَلَّىٰ i
U chaqiradir. Orqaga ketgan va yuz o`girganni. (17)
وَجَمَعَ فَأَوْعَىٰ i
Va (molni) yig`ib, berkitganni. (18)
إِنَّ الْإِنْسَانَ خُلِقَ هَلُوعًا i
Albatta, inson «halu'» qilib yaratilgandir. (19)
إِذَا مَسَّهُ الشَّرُّ جَزُوعًا i
Agar unga yomonlik yetsa, chidamsizdir. (20)
وَإِذَا مَسَّهُ الْخَيْرُ مَنُوعًا i
Va agar yaxshilik yetsa, ko`p man qiluvchidir. (21)
إِلَّا الْمُصَلِّينَ i
Illo, namoz o`quvchilargina mustasnodir. (22)
الَّذِينَ هُمْ عَلَىٰ صَلَاتِهِمْ دَائِمُونَ i
Ular namozlarida doim bo`ladiganlardir. (23)
وَالَّذِينَ فِي أَمْوَالِهِمْ حَقٌّ مَعْلُومٌ i
Ularning molu mulklarida ma'lum haqq bordur. (24)
لِلسَّائِلِ وَالْمَحْرُومِ i
So`rovchi va bechoralar uchundir. (25)
وَالَّذِينَ يُصَدِّقُونَ بِيَوْمِ الدِّينِ i
Va ular qiyomat kunini tasdiqlaydiganlardir. (26)
وَالَّذِينَ هُمْ مِنْ عَذَابِ رَبِّهِمْ مُشْفِقُونَ i
Va ular o`z Robbilari azobidan qo`rqadiganlardir. (27)
إِنَّ عَذَابَ رَبِّهِمْ غَيْرُ مَأْمُونٍ i
Albatta, Robbilarining azobidan omonlik yo`qdir. (28)
وَالَّذِينَ هُمْ لِفُرُوجِهِمْ حَافِظُونَ i
Va ular o`z farjlarini saqlaydiganlardir. (29)
إِلَّا عَلَىٰ أَزْوَاجِهِمْ أَوْ مَا مَلَكَتْ أَيْمَانُهُمْ فَإِنَّهُمْ غَيْرُ مَلُومِينَ i
Illo, o`z xotinlari yoki mulki bo`lganlardan (saqlamasalar), albatta ular malomat qilinmasdir. (30)
فَمَنِ ابْتَغَىٰ وَرَاءَ ذَٰلِكَ فَأُولَٰئِكَ هُمُ الْعَادُونَ i
Kimki o`shandan o`zgani istasa, bas, ular chegaradan chiqqanlardir. (31)
وَالَّذِينَ هُمْ لِأَمَانَاتِهِمْ وَعَهْدِهِمْ رَاعُونَ i
Ular omonatlariga va ahdlariga rioya qiladiganlardir. (32)
وَالَّذِينَ هُمْ بِشَهَادَاتِهِمْ قَائِمُونَ i
Va ular guvohliklarini to`g`ri beradiganlardir. (33)
وَالَّذِينَ هُمْ عَلَىٰ صَلَاتِهِمْ يُحَافِظُونَ i
Ular namozlarini muhofaza qiladiganlardir. (34)
أُولَٰئِكَ فِي جَنَّاتٍ مُكْرَمُونَ i
O`shalar jannatlarda hurmatlanadiganlardir. (35)
فَمَالِ الَّذِينَ كَفَرُوا قِبَلَكَ مُهْطِعِينَ i
Kufr keltirganlarga ne bo`ldiki, sen tomon bo`yin cho`zib shoshilmoqdalar? (36)
عَنِ الْيَمِينِ وَعَنِ الشِّمَالِ عِزِينَ i
O`ng tarafdan va chap tarafdan to`p-to`p bo`lmoqdalar? (37)
أَيَطْمَعُ كُلُّ امْرِئٍ مِنْهُمْ أَنْ يُدْخَلَ جَنَّةَ نَعِيمٍ i
Ulardan har bir kishi na'iym jannatga kiritilishni tama' qilurmi? (38)
كَلَّا ۖ إِنَّا خَلَقْنَاهُمْ مِمَّا يَعْلَمُونَ i
Yo`q! Albatta, Biz ularni o`zlari bilgan narsadan yaratganmiz. (39)
فَلَا أُقْسِمُ بِرَبِّ الْمَشَارِقِ وَالْمَغَارِبِ إِنَّا لَقَادِرُونَ i
Mashriqlar va mag`riblar Robbisi bilan qasam ichamanki, albatta, Biz qodirmiz. (40)
عَلَىٰ أَنْ نُبَدِّلَ خَيْرًا مِنْهُمْ وَمَا نَحْنُ بِمَسْبُوقِينَ i
O`rinlariga ulardan yaxshiroqlarini almashtirishga va Biz bu ishni qilishdan ojizmasmiz. (41)
فَذَرْهُمْ يَخُوضُوا وَيَلْعَبُوا حَتَّىٰ يُلَاقُوا يَوْمَهُمُ الَّذِي يُوعَدُونَ i
Ularni tek qo`y. To va'da qilingan kunga yo`liqqunlaricha (xohlaganlariga) sho`ng`iyversinlar va o`ynayversinlar. (42)
يَوْمَ يَخْرُجُونَ مِنَ الْأَجْدَاثِ سِرَاعًا كَأَنَّهُمْ إِلَىٰ نُصُبٍ يُوفِضُونَ i
U kunda xuddi sanamlar(ibodati)ga shoshganlaridek, qabrlaridan shoshib chiqurlar. (43)
خَاشِعَةً أَبْصَارُهُمْ تَرْهَقُهُمْ ذِلَّةٌ ۚ ذَٰلِكَ الْيَوْمُ الَّذِي كَانُوا يُوعَدُونَ i
Ko`zlari qo`rqinchga to`lgan, o`zlarini xorlik qoplagan holda tururlar. Bu o`sha, ularga va'da qilingan kundur. (44)