Sura Nuh (نوح) (Oyat 4)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




71 Nuh(نوح), Oyat 4

يَغْفِرْ لَكُمْ مِنْ ذُنُوبِكُمْ وَيُؤَخِّرْكُمْ إِلَىٰ أَجَلٍ مُسَمًّى ۚ إِنَّ أَجَلَ اللَّهِ إِذَا جَاءَ لَا يُؤَخَّرُ ۖ لَوْ كُنْتُمْ تَعْلَمُونَ 4 ٤

U sizlarning gunohlaringizdan mag`firat qiladir va sizni belgilangan ajalgacha qo`yib qo`yadir. Agar bilsangiz, albatta, Allohning ajali orqaga surilmaydir», – dedi. (4)

Tafsir
Yuqoridagilarga amal qilsangizlar, Alloh taolo bandalar huquqiga taalluqli boʻlmagan gunohlaringizni afv etadi. Oʻzi bilgan muayyan muddatgacha qavmingiz umrini uzaytiradi. Toki, shu yoʻlda sobit ekansizlar, yerda umrguzaronlik qilasizlar. Biroq oʻlim kelsa, aslo kechiktirilmaydi. Bilganlaringizda edi, Allohga iymon keltirib, shirku zalolatingizga tavba qilishga oshiqqan boʻlar edingizlar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin