Sura Al-Jinn (Jinlar — الجن) (Oyat 9)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




72 Al-Jinn(الجن), Oyat 9

وَأَنَّا كُنَّا نَقْعُدُ مِنْهَا مَقَاعِدَ لِلسَّمْعِ ۖ فَمَنْ يَسْتَمِعِ الْآنَ يَجِدْ لَهُ شِهَابًا رَصَدًا 9 ٩

Va albatta, biz u(osmon)da tinglashga qulay joylarga joylashib olar edik. Endi esa, kim quloq solsa, o`zini poylab turgan uchqunga duchor bo`ladir. (9)

Tafsir
Oldinlari osmonda egallab olgan joylarimiz boʻlardi. U yerda oʻtirib, farishtalar qoʻlma-qoʻl qilayotgan xabarlarni eshitardik-da, yerdagi folbinlarga yetkazardik. Endi esa holat oʻzgardi. Hozir bizdan birontamiz xabarlarga quloq solsa, otishga shaylab qoʻyilgan olovni koʻradi. Yaqinlashguday boʻlsa, olov otilib, uni jizgʻanak qilib yuboradi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin