Sura Muzzammil (O‘ranib olgan) — سُورَةُ المزمل

Muzzammil surasi — Qur’onning yetmish uchinchi surasi bo‘lib, unda Payg‘ambar ﷺni tungi namozda turishga undash hamda Allohning yordami va madadiga tayanish ta’kidlanadi.

Sura Muzzammil (O‘ranib olgan) — سُورَةُ المزمل

أَوْ زِدْ عَلَيْهِ وَرَتِّلِ الْقُرْآنَ تَرْتِيلًا ٤ i

73:4

Yoki u(yarim)ga yana qo`sh va Qur'onni tartil bilan tilovat qil. (4)

إِنَّ نَاشِئَةَ اللَّيْلِ هِيَ أَشَدُّ وَطْئًا وَأَقْوَمُ قِيلًا ٦ i

73:6

Albatta, kechki ibodat ko`proq muvofiq kelur va qiroati to`g`riroq bo`lur. (6)

وَاذْكُرِ اسْمَ رَبِّكَ وَتَبَتَّلْ إِلَيْهِ تَبْتِيلًا ٨ i

73:8

Va Robbingning ismini zikr et va Uning ibodatiga butunlay ajralib chiq. (8)

رَبُّ الْمَشْرِقِ وَالْمَغْرِبِ لَا إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ فَاتَّخِذْهُ وَكِيلًا ٩ i

73:9

U mashriqu mag`ribning Robbidir. Undan o`zga ibodatga sazovor iloh yo`q. Bas, Uni o`zingga vakil qil. (9)

وَاصْبِرْ عَلَىٰ مَا يَقُولُونَ وَاهْجُرْهُمْ هَجْرًا جَمِيلًا ١٠ i

73:10

Va ularning gaplariga sabr qil va ulardan chiroyli chetlash-la chetlab tur. (10)

وَذَرْنِي وَالْمُكَذِّبِينَ أُولِي النَّعْمَةِ وَمَهِّلْهُمْ قَلِيلًا ١١ i

73:11

Ahli ne'mat bo`lgan yolg`onga chiqaruvchilarni O`zimga qo`yib qo`y va ularga ozgina muhlat ber. (11)

يَوْمَ تَرْجُفُ الْأَرْضُ وَالْجِبَالُ وَكَانَتِ الْجِبَالُ كَثِيبًا مَهِيلًا ١٤ i

73:14

Bir kundaki, unda yeru tog`lar larzaga keladi va tog`lar oquvchi qumtepalarga aylanadi. (14)

إِنَّا أَرْسَلْنَا إِلَيْكُمْ رَسُولًا شَاهِدًا عَلَيْكُمْ كَمَا أَرْسَلْنَا إِلَىٰ فِرْعَوْنَ رَسُولًا ١٥ i

73:15

Albatta, Biz sizlarga, xuddi Fir'avnga Rasul yuborganimizdek, siz haqingizda guvohlik beruvchi Rasulni yubordik. (15)

فَعَصَىٰ فِرْعَوْنُ الرَّسُولَ فَأَخَذْنَاهُ أَخْذًا وَبِيلًا ١٦ i

73:16

Bas, Fir'avn Rasulga osiy bo`ldi va Biz uni shiddatli azob bilan tutdik. (16)

فَكَيْفَ تَتَّقُونَ إِنْ كَفَرْتُمْ يَوْمًا يَجْعَلُ الْوِلْدَانَ شِيبًا ١٧ i

73:17

Agar kofir bo`lsalaringiz, bolalarning sochini oqartirib yuboradigan kundan qanday saqlanursiz?! (17)

السَّمَاءُ مُنْفَطِرٌ بِهِ ۚ كَانَ وَعْدُهُ مَفْعُولًا ١٨ i

73:18

Unda osmon parchalanuvchidir, U zotning va'dasi amalga oshadir. (18)

إِنَّ هَٰذِهِ تَذْكِرَةٌ ۖ فَمَنْ شَاءَ اتَّخَذَ إِلَىٰ رَبِّهِ سَبِيلًا ١٩ i

73:19

Albatta, bular eslatmadir, Kim xohlasa, o`z Robbi tomon yo`l oladir. (19)

إِنَّ رَبَّكَ يَعْلَمُ أَنَّكَ تَقُومُ أَدْنَىٰ مِنْ ثُلُثَيِ اللَّيْلِ وَنِصْفَهُ وَثُلُثَهُ وَطَائِفَةٌ مِنَ الَّذِينَ مَعَكَ ۚ وَاللَّهُ يُقَدِّرُ اللَّيْلَ وَالنَّهَارَ ۚ عَلِمَ أَنْ لَنْ تُحْصُوهُ فَتَابَ عَلَيْكُمْ ۖ فَاقْرَءُوا مَا تَيَسَّرَ مِنَ الْقُرْآنِ ۚ عَلِمَ أَنْ سَيَكُونُ مِنْكُمْ مَرْضَىٰ ۙ وَآخَرُونَ يَضْرِبُونَ فِي الْأَرْضِ يَبْتَغُونَ مِنْ فَضْلِ اللَّهِ ۙ وَآخَرُونَ يُقَاتِلُونَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ ۖ فَاقْرَءُوا مَا تَيَسَّرَ مِنْهُ ۚ وَأَقِيمُوا الصَّلَاةَ وَآتُوا الزَّكَاةَ وَأَقْرِضُوا اللَّهَ قَرْضًا حَسَنًا ۚ وَمَا تُقَدِّمُوا لِأَنْفُسِكُمْ مِنْ خَيْرٍ تَجِدُوهُ عِنْدَ اللَّهِ هُوَ خَيْرًا وَأَعْظَمَ أَجْرًا ۚ وَاسْتَغْفِرُوا اللَّهَ ۖ إِنَّ اللَّهَ غَفُورٌ رَحِيمٌ ٢٠ i

73:20

Albatta, Robbing seni kechaning uchdan ikkisidan ozrog`ini, yo yarmini, yo uchdan birini qoim bo`lib o`tkazayotganingni va sen bilan birga bo`lganlardan ham bir toifa (shundoq qilayotganlarini) biladir. Va Alloh kechayu kunduzni O`zi o`lchaydir. U sizlar hech chiday olmasligingizni bilib, sizlarga (engillikni) qaytardi. Bas (endi), Qur'ondan muyassar bo`lganicha o`qinglar. Sizlardan kelajakda kasallar bo`lishini ham bildi. Boshqalar Yer yuzida yurib, Allohning fazlini axtarishini, yana boshqalar esa, Allohning yo`lida jihod qilishlarini (ham bildi). Bas, undan muyassar bo`lganicha qiroat qilinglar. Va namozni qoim qilinglar, zakot beringlar va Allohga yaxshi qarz beringlar. O`zingiz uchun nima yaxshilik qilgan bo`lsangiz, Allohning huzurida undan yaxshirog`ini va ulkanroq ajrni toparsizlar. Allohga istig`for aytinglar. Albatta, Alloh mag`firat qiluvchi va rahmdildir. (20)