Sura An-Nazi'at (Sug‘urib oluvchilar) — سُورَةُ النازعات
وَالنَّازِعَاتِ غَرْقًا i
79:1Shiddat bilan (jonni) sug`urib oluvchi(farishta)lar bilan qasam. (1)
وَالنَّاشِطَاتِ نَشْطًا i
79:2Yumshoqlik bilan jon oluvchi(farishta)lar bilan qasam. (2)
وَالسَّابِحَاتِ سَبْحًا i
79:3Suzib yuruvchi(farishta)lar bilan qasam. (3)
فَالسَّابِقَاتِ سَبْقًا i
79:4O`zishda musobaqa qiluvchi(farishta)lar bilan qasam. (4)
فَالْمُدَبِّرَاتِ أَمْرًا i
79:5Amrning tadbirini qiluvchi(farishta)lar bilan qasam. (5)
يَوْمَ تَرْجُفُ الرَّاجِفَةُ i
79:6Iztirobga tushuvchi iztirobga tushgan kunda. (6)
تَتْبَعُهَا الرَّادِفَةُ i
79:7Unga ergashuvchi ergashganda. (7)
قُلُوبٌ يَوْمَئِذٍ وَاجِفَةٌ i
79:8O`sha kunda qalblar xavfga to`ladir. (8)
أَبْصَارُهَا خَاشِعَةٌ i
79:9Ularning ko`zlari qo`rqinchga to`ladir. (9)
يَقُولُونَ أَإِنَّا لَمَرْدُودُونَ فِي الْحَافِرَةِ i
79:10Ular: «Biz, albatta, ortga qaytarilamizmi?» – derlar. (10)
أَإِذَا كُنَّا عِظَامًا نَخِرَةً i
79:11«Chirigan suyak bo`lganimizdan keyin ham-a?» (11)
قَالُوا تِلْكَ إِذًا كَرَّةٌ خَاسِرَةٌ i
79:12Agar shundoq bo`lsa, bu hasratiy qaytish-ku!» – derlar. (12)
فَإِنَّمَا هِيَ زَجْرَةٌ وَاحِدَةٌ i
79:13Albatta, u(qiyomat) bir qichqiriqdan boshqa narsa emas. (13)
فَإِذَا هُمْ بِالسَّاهِرَةِ i
79:14Ko`ribsizki, ular (qiyomat) maydonida turibdir. (14)
هَلْ أَتَاكَ حَدِيثُ مُوسَىٰ i
79:15Senga Musoning xabari keldimi? (15)
إِذْ نَادَاهُ رَبُّهُ بِالْوَادِ الْمُقَدَّسِ طُوًى i
79:16Qachonki Robbisi unga Muqaddas Tuva vodiysida nido qildi. (16)
اذْهَبْ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ إِنَّهُ طَغَىٰ i
79:17«Fir'avn huzuriga bor, albatta, u tug`yonga ketdi. (17)
فَقُلْ هَلْ لَكَ إِلَىٰ أَنْ تَزَكَّىٰ i
79:18Bas unga ayt: «Senda poklanishga (rag`bat) bormi? (18)
وَأَهْدِيَكَ إِلَىٰ رَبِّكَ فَتَخْشَىٰ i
79:19Va seni Robbingga hidoyat qilsam, shoyadki (undan) qo`rqsang», degin». (19)
فَأَرَاهُ الْآيَةَ الْكُبْرَىٰ i
79:20Va unga ulkan alomatni ko`rsatdi. (20)
فَكَذَّبَ وَعَصَىٰ i
79:21Ul uni yolg`onga chiqardi va osiy bo`ldi. (21)
ثُمَّ أَدْبَرَ يَسْعَىٰ i
79:22So`ng ortiga o`girilib, tezlab ketdi. (22)
فَحَشَرَ فَنَادَىٰ i
79:23Keyin (odamlarni) to`pladi va nido qildi. (23)
فَقَالَ أَنَا رَبُّكُمُ الْأَعْلَىٰ i
79:24Va, men sizlarning eng oliy Robbingizman, dedi. (24)
فَأَخَذَهُ اللَّهُ نَكَالَ الْآخِرَةِ وَالْأُولَىٰ i
79:25Bas, Alloh uni avvalgi va oxirgi gunohlari uchun azobga oldi. (25)
إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَعِبْرَةً لِمَنْ يَخْشَىٰ i
79:26Albatta, bunda U zotdan qo`rqqanlar uchun ibrat bordir. (26)
أَأَنْتُمْ أَشَدُّ خَلْقًا أَمِ السَّمَاءُ ۚ بَنَاهَا i
79:27Sizlarni yaratish qiyinmi yoki U zot bino qilgan osmonnimi? (27)
رَفَعَ سَمْكَهَا فَسَوَّاهَا i
79:28Uning shiftini yuqori ko`tardi va bekami-ko`st, mustahkam qilib qo`ydi. (28)
وَأَغْطَشَ لَيْلَهَا وَأَخْرَجَ ضُحَاهَا i
79:29Kechasini qorong`u va kunduzini yorug` qildi. (29)
وَالْأَرْضَ بَعْدَ ذَٰلِكَ دَحَاهَا i
79:30Va undan so`ng yerni tuxum shaklida qildi. (30)
أَخْرَجَ مِنْهَا مَاءَهَا وَمَرْعَاهَا i
79:31Undan suvni, o`t-o`lanlarni chiqardi. (31)
وَالْجِبَالَ أَرْسَاهَا i
79:32Va tog`larni sobit qildi. (32)
مَتَاعًا لَكُمْ وَلِأَنْعَامِكُمْ i
79:33Sizlarga va chorvalaringizga manfaat bo`lsin uchun. (33)
فَإِذَا جَاءَتِ الطَّامَّةُ الْكُبْرَىٰ i
79:34Vaqtiki katta g`olib (qiyomat) kelsa. (34)
يَوْمَ يَتَذَكَّرُ الْإِنْسَانُ مَا سَعَىٰ i
79:35U kuni inson qilgan ishlarini eslaydir. (35)
وَبُرِّزَتِ الْجَحِيمُ لِمَنْ يَرَىٰ i
79:36Va jahannam ko`radiganlarga zohir qilinadir. (36)
فَأَمَّا مَنْ طَغَىٰ i
79:37Ammo kimiki tug`yonga ketgan bo`lsa. (37)
وَآثَرَ الْحَيَاةَ الدُّنْيَا i
79:38Va bu dunyo hayotini ustun qo`ygan bo`lsa. (38)
فَإِنَّ الْجَحِيمَ هِيَ الْمَأْوَىٰ i
79:39Bas, albatta, Jahiym (unga) o`rin bo`ladir. (39)
وَأَمَّا مَنْ خَافَ مَقَامَ رَبِّهِ وَنَهَى النَّفْسَ عَنِ الْهَوَىٰ i
79:40Va ammo, kim Robbisining maqomidan qo`rqqan va o`z nafsini havolanib ketishidan qaytargan bo`lsa... (40)
فَإِنَّ الْجَنَّةَ هِيَ الْمَأْوَىٰ i
79:41Bas, albatta, jannat (unga) o`rin bo`ladir. (41)
يَسْأَلُونَكَ عَنِ السَّاعَةِ أَيَّانَ مُرْسَاهَا i
79:42Sendan, qiyomat qachon bo`lur, deb so`rashadir. (42)
فِيمَ أَنْتَ مِنْ ذِكْرَاهَا i
79:43U(qiyomat)ning zikrini sen qandoq bilarding. (43)
إِلَىٰ رَبِّكَ مُنْتَهَاهَا i
79:44Uning intihosi Robbinggagina xos. (44)
إِنَّمَا أَنْتَ مُنْذِرُ مَنْ يَخْشَاهَا i
79:45Albatta, sen u(qiyomat)dan qo`rquvchilarga ogohlantiruvchisan, xolos. (45)
كَأَنَّهُمْ يَوْمَ يَرَوْنَهَا لَمْ يَلْبَثُوا إِلَّا عَشِيَّةً أَوْ ضُحَاهَا i
79:46U(qiyomat)ni ko`rgan kunlari, xuddi, bu dunyoda bir kecha yoki kunduzdan boshqa turmaganga o`xsharlar. (46)