Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Alloh u(madad)ni bashorat va qalblaringiz u bilan xotirjam bo`lishi uchungina qildi. o`alaba esa, faqat Allohning huzuridadir. Albatta, Alloh g`olib va hikmatli Zotdir. (10)
Tafsir
Ey moʻminlar, sizlar Allohning yordamchingiz ekanidan quvonishingiz va gʻalaba kelishiga aniq ishonib, koʻnglingiz xotirjam boʻlishi uchun U Zot sizlarga farishtalar bilan madad berdi. Gʻalaba odam sonining koʻpligi yoki qurol-aslahalar va tayyorgarlikning puxtaligi bilan emas, har qanday nuqsondan pok Alloh tarafidan boʻladi. Alloh Oʻz mulkida Azizdir, Gʻolibdir, hech kimsa U Zotdan gʻolib boʻla olmas. Alloh Oʻz shariati va qadarida har bir ishni hikmat bilan qiladigan Hakim Zotdir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: