Sura Al-Anfal (O‘ljalar — الأنفال) (Oyat 11)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




8 Al-Anfal(الأنفال), Oyat 11

إِذْ يُغَشِّيكُمُ النُّعَاسَ أَمَنَةً مِنْهُ وَيُنَزِّلُ عَلَيْكُمْ مِنَ السَّمَاءِ مَاءً لِيُطَهِّرَكُمْ بِهِ وَيُذْهِبَ عَنْكُمْ رِجْزَ الشَّيْطَانِ وَلِيَرْبِطَ عَلَىٰ قُلُوبِكُمْ وَيُثَبِّتَ بِهِ الْأَقْدَامَ 11 ١١

O`shanda U sizni O`zidan omonlik qilib, mudroq ila o`ragan edi va sizni poklash, sizdan shaytonning vasvasasini ketkazish hamda qalblaringizni bog`lash va qadamlaringizni sobit qilish uchun ustingizga osmondan suv tushirgan edi. (11)

Tafsir
Ey moʻminlar, eslangiz! Alloh sizlarga uyquni berdi. Shu bilan dushmandan qoʻrqish zahmati daf boʻldi. Osmondan yomgʻir yogʻdirdi. Shu bilan sizlar poklandingiz, shayton vasvasalaridan forigʻ boʻldingiz. Dushmanga qarshi qalblaringiz ham, badanlaringiz ham barqarorlashdi. Qumli yerlar namlanib, qadam bosishingiz qulaylashdi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin