Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ularni siz o`ldirmadingiz, balki Alloh o`ldirdi. Otgan paytingda, sen otmading, balki Alloh otdi. Va mo`minlarni go`zal sinov ila sinash uchun (shunday qildi). Albatta, Alloh eshitguvchi va bilguvchi Zotdir. (17)
Tafsir
Ey moʻminlar, Badr jangida mushriklarni oʻz kuch-quvvatingiz bilan emas, Allohning madadi bilan oʻldirdingiz. Ey Paygʻambar, mushriklarga otganingizda, siz otmadingiz, balki, Alloh otdi. Alloh moʻminlarni goʻzal tarzda sinash uchun odam sonlari ham, harbiy tayyorgarliklari ham gʻanimnikidan ozroq boʻlishiga qaramasdan, ularga gʻalaba ato etdi. Toki, Allohga shukr qilsinlar. Albatta, Alloh duoyingizni eshitadigan, qilgan ishlaringizni koʻrib-bilib turadigan va sizlarni nima isloh qilishidan xabardor Zotdir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: