Sura Al-Anfal (O‘ljalar — الأنفال) (Oyat 19)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




8 Al-Anfal(الأنفال), Oyat 19

إِنْ تَسْتَفْتِحُوا فَقَدْ جَاءَكُمُ الْفَتْحُ ۖ وَإِنْ تَنْتَهُوا فَهُوَ خَيْرٌ لَكُمْ ۖ وَإِنْ تَعُودُوا نَعُدْ وَلَنْ تُغْنِيَ عَنْكُمْ فِئَتُكُمْ شَيْئًا وَلَوْ كَثُرَتْ وَأَنَّ اللَّهَ مَعَ الْمُؤْمِنِينَ 19 ١٩

Agar orani ochishni so`ragan bo`lsangiz, bas, batahqiq sizga orani ochish keldi. Agar to`xtasangiz, bu o`zingiz uchun yaxshidir. Agar siz qaytsangiz, Biz ham qaytamiz. Sizning guruhingiz qancha ko`p bo`lsa ham, sizga hech bir hojatingizni chiqara olmas. Albatta, Alloh mo`minlar bilan birgadir. (19)

Tafsir
Ey mushriklar, Alloh tajovuzkor zolimlarga Oʻz azobini yuborishini istagan boʻlsangizlar, mana Alloh oʻsha azobini ustingizga yubordi. Bu ish sizlarga jazo, taqvodorlarga esa ibrat boʻldi. Endi bu ishdan tiyilsangiz, oʻzingizga yaxshi boʻladi. Alloh sizlarga muhlat berib, intiqomini tezlashtirmasligi ham mumkin. Shuncha ishlardan keyin ham yana moʻminlarga qarshi jang qilmoqchi boʻlsangizlar, odam sonining koʻpligi ham, harbiy tayyorgarligingizning kattaligi ham sizlarning biron bir hojatingizni ravo qila olmaydi. Albatta, Alloh moʻminlarni qoʻllab-quvvatlaydi. Alloh kim bilan birga boʻlsa, hech kim undan gʻolib boʻla olmas.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin