Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Ey, iymon keltirganlar, sizga hayot beradigan narsaga chaqirganlarida, Alloh va Rasuliga javob bering va bilingki, albatta, Alloh kishi bilan uning qalbini ajratib qo`yadi va, albatta, Uning huzurida to`planursiz. (24)
Tafsir
Ey Allohga iymon keltirgan va Paygʻambariga ergashgan zotlar, Alloh va Uning Paygʻambari sizlarni chin hayot baxsh etadigan nematga chaqirganida, Alloh va Paygʻambariga buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila boʻysuningiz. Shuni aniq bilingizki, U Zot har ishga Qodirdir. Haqdan oldiniga yuz oʻgirib, keyin yana haqqa qaytmoqchi boʻlganingizda, siz bilan haq oʻrtasini toʻsib qoʻyish ham Uning Qoʻlidadir. Shunday boʻlgach, haq sari shoshilingiz. Yana shuni aniq bilingizki, Qiyomat kunida hammangiz Oʻsha Zotning huzurida toʻplanursiz. Oʻshanda shu dunyoda qilib oʻtgan amallaringizga yarasha jazo yoki mukofot berur.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: