Sura Al-Anfal (O‘ljalar — الأنفال) (Oyat 26)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




8 Al-Anfal(الأنفال), Oyat 26

وَاذْكُرُوا إِذْ أَنْتُمْ قَلِيلٌ مُسْتَضْعَفُونَ فِي الْأَرْضِ تَخَافُونَ أَنْ يَتَخَطَّفَكُمُ النَّاسُ فَآوَاكُمْ وَأَيَّدَكُمْ بِنَصْرِهِ وَرَزَقَكُمْ مِنَ الطَّيِّبَاتِ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ 26 ٢٦

Siz yer yuzida oz sonli, zaifhol bo`lib, odamlar sizni tutib olishidan qo`rqib yurgan holingizni eslang. Bas, U zot sizga joy berdi, O`z nusrati ila qo`lladi va sizlarga pok narsalarni rizq qilib berdi. Shoyadki, shukr qilsangiz. (26)

Tafsir
Ey moʻminlar, sizlar Makkada ozchilik edingizlar. Boshqalar sizlarni nochor-notavon hisoblab, sizlarga zoʻravonlik qilardi. Dushmaningizga yem boʻlishdan qoʻrqar edingiz. Shunda Alloh sizlarga Madinani boshpana qilib berdi. Bir necha janglarda, masalan, Badrda gʻanimlaringizga qarshi sizga quvvat berdi. Sizlarga xush nematlar ato etdi. Jumladan, dushmanlaringizdan koʻp oʻljalar oldingiz. Shoyadki, Allohga bergan nematlari uchun shukr qilsangiz, keyin U Zot nematlarini yanada ziyoda qilsa. Shoyadki, Allohga nonkoʻrlik qilmasangiz va natijada U Zot sizlarga bergan nematlarini tortib olib, oʻzingizni azoblamasa.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin