Sura Al-Anfal (O‘ljalar — الأنفال) (Oyat 29)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




8 Al-Anfal(الأنفال), Oyat 29

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِنْ تَتَّقُوا اللَّهَ يَجْعَلْ لَكُمْ فُرْقَانًا وَيُكَفِّرْ عَنْكُمْ سَيِّئَاتِكُمْ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ۗ وَاللَّهُ ذُو الْفَضْلِ الْعَظِيمِ 29 ٢٩

Ey, iymon keltirganlar, agar Allohga taqvo qilsangiz, sizga furqon beradi, sizning gunohlaringizni yuvib, mag`firat qiladi. Alloh ulug` fazl egasidir. (29)

Tafsir
Ey Allohga iymon keltirgan va Paygʻambariga ergashganlar, shuni bilingizki, Allohdan buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila taqvo qilsangiz, sizlarni haq bilan botilni ajrata oladigan odamlarga aylantirib qoʻyadi. Shunda sizlarga hech ish noaniq boʻlib qolmaydi. Qilgan yomonliklaringizni oʻchirib, gunohlaringizni magʻfirat qiladi. Alloh ulugʻ fazl sohibidir. Taqvodor bandalari uchun tayyorlab qoʻygan jannati oʻsha fazlu karamidandir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin