Sura Al-Anfal (O‘ljalar — الأنفال) (Oyat 37)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




8 Al-Anfal(الأنفال), Oyat 37

لِيَمِيزَ اللَّهُ الْخَبِيثَ مِنَ الطَّيِّبِ وَيَجْعَلَ الْخَبِيثَ بَعْضَهُ عَلَىٰ بَعْضٍ فَيَرْكُمَهُ جَمِيعًا فَيَجْعَلَهُ فِي جَهَنَّمَ ۚ أُولَٰئِكَ هُمُ الْخَاسِرُونَ 37 ٣٧

Alloh pokdan nopokni ayirishi uchun va nopokning ba'zisi ustiga ba'zisini taxlab, hammasini jahannamga tashlashi uchun. Ana o`shalar ziyon ko`rguvchilardir. (37)

Tafsir
Mol-dunyolarini Allohning yoʻlidan toʻsish uchun sarflaydigan kofirlar jahannam olovi sari haydab borilurlar. Toki, shu bilan nopok kofirlar guruhi pok moʻminlar guruhidan ajralsin. Toki, nopok shaxslar boʻladimi, nopok amallar boʻladimi, nopok mol-dunyo boʻladimi, hammasi ustma-ust taxlanib, jahannam oloviga otilsin. Ziyon koʻrguvchilar ana oʻshalardir. Chunki ular Qiyomat kunida oʻzlarini ham, oilalarini ham qoʻldan boy bergan boʻladilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin