Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Anfol — Oyat 37 (Oʻzbekcha) — Video

Anfol • Oyat 75 dan 37 • Oʻzbekcha


لِيَمِيزَ اللَّهُ الْخَبِيثَ مِنَ الطَّيِّبِ وَيَجْعَلَ الْخَبِيثَ بَعْضَهُ عَلَىٰ بَعْضٍ فَيَرْكُمَهُ جَمِيعًا فَيَجْعَلَهُ فِي جَهَنَّمَ ۚ أُولَٰئِكَ هُمُ الْخَاسِرُونَ 37
Tarjima:
Alloh pokdan nopokni ayirishi uchun va nopokning ba'zisi ustiga ba'zisini taxlab, hammasini jahannamga tashlashi uchun. Ana o`shalar ziyon ko`rguvchilardir. Anfol 8:37
Tafsir:
Mol-dunyolarini Allohning yoʻlidan toʻsish uchun sarflaydigan kofirlar jahannam olovi sari haydab borilurlar. Toki, shu bilan nopok kofirlar guruhi pok moʻminlar guruhidan ajralsin. Toki, nopok shaxslar boʻladimi, nopok amallar boʻladimi, nopok mol-dunyo boʻladimi, hammasi ustma-ust taxlanib, jahannam oloviga otilsin. Ziyon koʻrguvchilar ana oʻshalardir. Chunki ular Qiyomat kunida oʻzlarini ham, oilalarini ham qoʻldan boy bergan boʻladilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Anfol • Oyat 36 Keyingi Anfol • Oyat 38