Sura Al-Anfal (O‘ljalar — الأنفال) (Oyat 42)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




8 Al-Anfal(الأنفال), Oyat 42

إِذْ أَنْتُمْ بِالْعُدْوَةِ الدُّنْيَا وَهُمْ بِالْعُدْوَةِ الْقُصْوَىٰ وَالرَّكْبُ أَسْفَلَ مِنْكُمْ ۚ وَلَوْ تَوَاعَدْتُمْ لَاخْتَلَفْتُمْ فِي الْمِيعَادِ ۙ وَلَٰكِنْ لِيَقْضِيَ اللَّهُ أَمْرًا كَانَ مَفْعُولًا لِيَهْلِكَ مَنْ هَلَكَ عَنْ بَيِّنَةٍ وَيَحْيَىٰ مَنْ حَيَّ عَنْ بَيِّنَةٍ ۗ وَإِنَّ اللَّهَ لَسَمِيعٌ عَلِيمٌ 42 ٤٢

O`shanda sizlar (vodiyning Madinaga) yaqin tarafida, ular uzoq tarafida, otliqlar esa sizdan pastda edi. Agar va'dalashib olganingizda ham, kelishilgan joy va vaqtda xilof qilardingiz. Lekin Alloh qilinishi kerak bo`lgan ishni hal etishi uchun, halok bo`ladigan odam ochiq-oydin hujjat bilan halok bo`lishi uchun, yashashi kerak bo`lgan odam ochiq-oydin hujjat bilan yashashi uchun (to`qnashdingiz). Va, albatta, Alloh eshitguvchi va bilguvchi Zotdir. (42)

Tafsir
Eslanglar! Sizlar vodiyning Madinaga yaqin tarafida, mushriklar Madinaga uzoq, Makkaga yaqin tarafida, karvon esa sizlardan quyiroqda Qizil dengiz sohili tarafida edi. Sizlar mushriklar bilan jang qilishga vadalashib olganlaringizda ham kelishilgan joy va vaqtda xilof qilgan boʻlar edingiz. Alloh boʻlishi muqarrar boʻlgan bir ishni, yani, moʻminlarni gʻolib, kofirlarni esa magʻlub qilib, dinini aziz, shirkni esa xor etishni amalga oshirish uchun, halok boʻladigan odam ochiq-oydin hujjat bilan halok boʻlishi, yashashi kerak boʻlgan odam ham ochiq-oydin hujjat bilan yashashi uchun sizlarni Badrda hech bir kelishuvsiz toʻqnashtirdi. Son jihatdan ozchilik boʻlishiga qaramasdan, moʻminlarning gʻolib boʻlishi yetarli hujjat boʻldi. Shu bilan hech bir kimsaning Allohga qarshi hujjati qolmadi. Alloh hammaning gaplarini eshitib, qilgan ishlarini koʻrib-bilib turguvchi Zotdir. Biron ish U Zotdan yashirin boʻlolmas. Yaqinda hammasiga oʻziga yarasha jazo yoki mukofotini bergay.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin