Sura Al-Anfal (O‘ljalar — الأنفال) (Oyat 46)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




8 Al-Anfal(الأنفال), Oyat 46

وَأَطِيعُوا اللَّهَ وَرَسُولَهُ وَلَا تَنَازَعُوا فَتَفْشَلُوا وَتَذْهَبَ رِيحُكُمْ ۖ وَاصْبِرُوا ۚ إِنَّ اللَّهَ مَعَ الصَّابِرِينَ 46 ٤٦

Allohga va Uning Rasuliga itoat qiling. O`zaro nizo qilmang, u holda tushkunlikka uchraysiz va kuch-quvvatingiz ketadir. Va sabr qiling. Albatta, Alloh sabr qilguvchilar bilandir. (46)

Tafsir
Hamma holatingizda, soʻzingizda ham, ishingizda ham Alloh va paygʻambariga itoat etishni oʻzingizga shior qilib oling. Oʻzaro talashib-tortishavermang. Tortishaverish quvvatni qirqib, zaiflashish va qoʻrqoqlikka olib boradi. Dushmanga qarshi sabr-matonat bilan turingiz. Alloh sabr qilguvchilar bilan birgadir. Ularga madad bergay, ularni qoʻllab-quvvatlagay. Alloh kim bilan birga boʻlsa, oʻsha gʻolib boʻlishi muqarrardir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin