Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Anfol — Oyat 46 (Oʻzbekcha) — Video

Anfol • Oyat 75 dan 46 • Oʻzbekcha


وَأَطِيعُوا اللَّهَ وَرَسُولَهُ وَلَا تَنَازَعُوا فَتَفْشَلُوا وَتَذْهَبَ رِيحُكُمْ ۖ وَاصْبِرُوا ۚ إِنَّ اللَّهَ مَعَ الصَّابِرِينَ 46
Tarjima:
Allohga va Uning Rasuliga itoat qiling. O`zaro nizo qilmang, u holda tushkunlikka uchraysiz va kuch-quvvatingiz ketadir. Va sabr qiling. Albatta, Alloh sabr qilguvchilar bilandir. Anfol 8:46
Tafsir:
Hamma holatingizda, soʻzingizda ham, ishingizda ham Alloh va paygʻambariga itoat etishni oʻzingizga shior qilib oling. Oʻzaro talashib-tortishavermang. Tortishaverish quvvatni qirqib, zaiflashish va qoʻrqoqlikka olib boradi. Dushmanga qarshi sabr-matonat bilan turingiz. Alloh sabr qilguvchilar bilan birgadir. Ularga madad bergay, ularni qoʻllab-quvvatlagay. Alloh kim bilan birga boʻlsa, oʻsha gʻolib boʻlishi muqarrardir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Anfol • Oyat 45 Keyingi Anfol • Oyat 47