Ey, iymon keltirganlar! (Kofir) jamoatga ro`baro` kelganingizda, sabotli bo`ling va Allohni ko`p zikr qiling, shoyadki, najot topsangiz. Al-Anfal 8:45 ⧉
Tafsir:
Ey Allohga iymon keltirgan va Paygʻambariga ergashganlar, kofirlarning bir guruhiga roʻbaroʻ kelganingizda mahkam turing, qoʻrqoqlik qilmang, Allohni koʻp eslang va U Zotga duo qiling. U Zot tilagingizni ijobat qilib, xavfu xatardan Oʻz panohida asrab, sizlarni dushman ustidan gʻolib qilishga Qodir.