Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
O`shanda munofiqlar va dillarida maraz bo`lganlar: «Anavilarni dini mag`rur qilib yubordi», – dedilar. Kim Allohga tavakkul qilsa, bas, albatta, Alloh g`olib va hikmatli Zotdir. (49)
Tafsir
Eslanglar! Munofiqlar va iymoni zaiflar: "Anavi musulmonlarni dini gʻururlantirib yubordi, dushmaniga nisbatan soni va tayyorgarligi oz boʻlsa ham gʻalabaga ishonyaptilar", dedilar. Ular bilmaydilarki, kim yolgʻiz Allohga suyansa, U Zotning madad berishi haqidagi vadasiga chin dildan ishonsa, Alloh uning madadkori va u har qancha zaif boʻlmasin, gʻalaba qozonishi muqarrar. Alloh Gʻolibdirki, Undan yuqori gʻolib yoʻq. Alloh har bir qadarini, shariatini bir hikmat bilan qiladigan Zotdir.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: