Sura Al-Anfal (O‘ljalar — الأنفال) (Oyat 63)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




8 Al-Anfal(الأنفال), Oyat 63

وَأَلَّفَ بَيْنَ قُلُوبِهِمْ ۚ لَوْ أَنْفَقْتَ مَا فِي الْأَرْضِ جَمِيعًا مَا أَلَّفْتَ بَيْنَ قُلُوبِهِمْ وَلَٰكِنَّ اللَّهَ أَلَّفَ بَيْنَهُمْ ۚ إِنَّهُ عَزِيزٌ حَكِيمٌ 63 ٦٣

Hamda ularning qalblarini birlashtirgan Zotdir. Agar yer yuzidagi hamma narsani sarf qilsang ham, ularning qalblarini birlashtira olmas eding. Lekin Alloh ularni birlashtirdi. Albatta, U g`olib va hikmatli Zotdir. (63)

Tafsir
Moʻminlarning qalblari shu qadar tarqoq, shu qadar xilma-xil ediki, yer yuzidagi hamma boyliklarni sarflaganingizda ham ularni birlashtira olmagan boʻlar edingiz. Yolgʻiz Allohning oʻzi ularning qalblarini birlashtirdi va ularning qoʻllari bilan sizni gʻalabaga erishtirdi. Alloh Oʻz mulkida Gʻolib. Shuning uchun hech kimsa Undan ustun boʻla olmas. Alloh har bir qadarini, tadbirini va shariatini hikmat bilan qiladigan Hakim Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin