Sura Al-Anfal (O‘ljalar — الأنفال) (Oyat 71)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




8 Al-Anfal(الأنفال), Oyat 71

وَإِنْ يُرِيدُوا خِيَانَتَكَ فَقَدْ خَانُوا اللَّهَ مِنْ قَبْلُ فَأَمْكَنَ مِنْهُمْ ۗ وَاللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ 71 ٧١

Agar senga xiyonat qilishni istasalar, batahqiq, bundan oldin Allohga xiyonat qilgan edilar. Bas, U ularga qarshi imkon topdi. Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir. (71)

Tafsir
Ey Muhammad, ular sizga xiyonat qilmoqchi boʻlsalar, oldin Allohga ham xiyonat qilgandilar. Alloh sizni ulardan gʻolib qildi. Ulardan oʻlgani oʻldi, asir tushgani asir tushdi. Agar yana jangga qaytadigan boʻlsalar, yana shunday natijani kutaversinlar. Alloh oʻzi yaratgan maxluqotlariga nima kerakligini yaxshi biladigan, har bir tadbirini hikmat bilan qiladigan Zotdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin