Sura At-Tawbah (Tavba — التوبة) (Oyat 106)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




9 At-Tawbah(التوبة), Oyat 106

وَآخَرُونَ مُرْجَوْنَ لِأَمْرِ اللَّهِ إِمَّا يُعَذِّبُهُمْ وَإِمَّا يَتُوبُ عَلَيْهِمْ ۗ وَاللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ 106 ١٠٦

Va Allohning amriga havola qilingan boshqalar bor. Ularni yoki azoblaydir yoki tavbalarini qabul qiladir. Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir. (106)

Tafsir
Tabuk gʻazotiga uzrsiz chiqmagan yana boshqalar ham borki, ularning ishi Allohning hukmiga havola. Oʻzi istaganicha hukm qiladi. Tavba qilmasalar jazolashi ham, tavba qilsalar kechirishi ham mumkin. Alloh kim jazoga, kim kechirilishga loyiq ekanini juda yaxshi biladi. U shariatini va tadbirini hikmat bilan qiladigan Hakim Zotdir. Ular Mirora ibn Rabi, Kab ibn Molik va Hilol ibn Umayyalardir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin