Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.
Sen u(masjid)da hech qachon turma! Albatta, birinchi kundan taqvo asosida qurilgan masjidda turmoqliging haqdir. Unda poklanishni sevadigan kishilar bor. Alloh esa, poklanuvchilarni sevadir. (108)
Tafsir
Ey Paygʻambar, munofiqlarning chaqirigʻiga quloq sola koʻrmang va bu masjidda namoz oʻqimang. Zero, birinchi qadamidan taqvo asosiga qurilgan Qubo masjidi mana bu kufr asosiga qurilgan masjiddan koʻra namoz oʻqiladigan joy boʻlishga loyiqroqdir. Qubo masjidida badanlarini suv bilan kir va najasdan, qalblarini esa tavba va istigʻfor bilan gunohlardan poklaydigan kishilar bor. Alloh esa oʻzini kir-najasdan ham, gunohlardan ham pok tutadigan odamlarni yaxshi koʻradi.
Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin
📖 Siz izlayotgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘xshash sura nomlari: