Sura At-Tawbah (Tavba — التوبة) (Oyat 109)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




9 At-Tawbah(التوبة), Oyat 109

أَفَمَنْ أَسَّسَ بُنْيَانَهُ عَلَىٰ تَقْوَىٰ مِنَ اللَّهِ وَرِضْوَانٍ خَيْرٌ أَمْ مَنْ أَسَّسَ بُنْيَانَهُ عَلَىٰ شَفَا جُرُفٍ هَارٍ فَانْهَارَ بِهِ فِي نَارِ جَهَنَّمَ ۗ وَاللَّهُ لَا يَهْدِي الْقَوْمَ الظَّالِمِينَ 109 ١٠٩

Binosini Allohga bo`lgan taqvo va Uning roziligi asosida qurgan kimsa yaxshimi yoki binosini yemirilayotgan jar yoqasini asos qilib qurib, u bilan birga jahannam o`tiga qulagan kimsa yaxshimi? Va Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas. (109)

Tafsir
Allohning buyruqlarini bajarish va taqiqlaridan tiyilish ila amalga oshadigan taqvo hamda ezgu ishlarni koʻp qilish ila erishiladigan Alloh rizosi asosiga bino qurgan inson bilan musulmonlarga ziyon yetkazish, kufrni avj oldirish, moʻminlar orasiga tafriqa solish maqsadida bino qurgan odam tengmi? Ular hech qachon teng boʻla olmaydilar. Birinchi bino oʻta mustahkam boʻlib, hech qachon qulamaydi. Ikkinchisi esa yemirilayotgan jar yoqasiga qurilgan binodirki, tez orada quruvchining oʻzi ham binosiga qoʻshilib jahannam oloviga qulaydi. Alloh kufru nifoq ila oʻziga oʻzi zulm qilganlarga tavfiq bermaydi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin