Sura At-Tawbah (Tavba — التوبة) (Oyat 11)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




9 At-Tawbah(التوبة), Oyat 11

فَإِنْ تَابُوا وَأَقَامُوا الصَّلَاةَ وَآتَوُا الزَّكَاةَ فَإِخْوَانُكُمْ فِي الدِّينِ ۗ وَنُفَصِّلُ الْآيَاتِ لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ 11 ١١

Bas, agar tavba qilsalar, namozni to`kis ado etsalar va zakotni bersalar, din qardoshingizdirlar. Biladigan qavm uchun oyatlarimizni batafsil bayon qilamiz. (11)

Tafsir
Agar tavba qilib, ikki shahodat kalimasini aytsalar, namozni toʻkis ado etsalar, mollaridan zakot bersalar, musulmonga, diniy birodarlaringizga aylanib, huquq va majburiyatlari aynan sizlarnikidek boʻladi. Sizlarga ular bilan jang qilish joiz boʻlmaydi. Ular endi musulmonligi bilan qonlari, mollari va or-nomuslarini asray oladilar. Biz oyatlarimizni biladigan qavmga batafsil bayon qilurmiz. Chunki ulardan biladiganlargina foydalana oladilar va boshqalarni ham foydalantira oladilar.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin