Sura At-Tawbah (Tavba — التوبة) (Oyat 122)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




9 At-Tawbah(التوبة), Oyat 122

وَمَا كَانَ الْمُؤْمِنُونَ لِيَنْفِرُوا كَافَّةً ۚ فَلَوْلَا نَفَرَ مِنْ كُلِّ فِرْقَةٍ مِنْهُمْ طَائِفَةٌ لِيَتَفَقَّهُوا فِي الدِّينِ وَلِيُنْذِرُوا قَوْمَهُمْ إِذَا رَجَعُوا إِلَيْهِمْ لَعَلَّهُمْ يَحْذَرُونَ 122 ١٢٢

Mo`minlarning hammalari (jangga) qo`zg`alishlari lozim emas. Har jamoadan bir nafar toifa bo`lsaydi. Ular dinni chuqur anglab, qaytib kelgan vaqtlarida qavmlarini ogohlantirardilar. Shoyadki, ular hazir bo`lsalar. (122)

Tafsir
Jangga moʻminlarning hammasi chiqib ketishi toʻgʻri ish emas. Toki, dushman qoʻli ustun kelib qolsa, batamom yoʻq boʻlib ketmasinlar. Jihodga bir guruh chiqib, qolganlari Paygʻambar alayhissalomga hamroh boʻlib, dinni, Quronni, shariy hukmlarni oʻrgansalar, qavmi qaytib kelganda esa shu oʻrgangan bilimlari bilan ularni Allohning azobidan ogohlantirib, buyruqlarini bajarishga, taqiqlaridan esa tiyilishga undasalar boʻlmaydimi? Bu gap Paygʻambar alayhissalom sahobaridan bir qanchalarini tanlab olib, turli taraflarga yuboradigan kichik-kichik qoʻshinlar haqida edi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin