Sura At-Tawbah (Tavba — التوبة) (Oyat 17)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




9 At-Tawbah(التوبة), Oyat 17

مَا كَانَ لِلْمُشْرِكِينَ أَنْ يَعْمُرُوا مَسَاجِدَ اللَّهِ شَاهِدِينَ عَلَىٰ أَنْفُسِهِمْ بِالْكُفْرِ ۚ أُولَٰئِكَ حَبِطَتْ أَعْمَالُهُمْ وَفِي النَّارِ هُمْ خَالِدُونَ 17 ١٧

Mushriklarga, o`zlarining kofir ekanliklariga guvoh bo`lgan hollarida, Allohning masjidlarini obod qilishlari joiz emas. Ana o`shalar amallari habata bo`lganlardir va ular do`zaxda abadiy qoluvchilardir. (17)

Tafsir
Allohning masjidlarini toat-ibodat bilan obod etish mushriklarning ishi emas. Ular kofirliklarini ochiq aytib-koʻrsatib turishibdi. Amal qabul boʻlishi uchun iymon boʻlishi shart. Ularda esa iymon yoʻq. Shuning uchun amallari habata ketur. Qiyomat kuni esa doʻxzaxga tashlanurlar va unda abadiy qolurlar. Oʻlimidan oldin tavba qilganlar bundan mustasno.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin