Sura At-Tawbah (Tavba — التوبة) (Oyat 18)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




9 At-Tawbah(التوبة), Oyat 18

إِنَّمَا يَعْمُرُ مَسَاجِدَ اللَّهِ مَنْ آمَنَ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ وَأَقَامَ الصَّلَاةَ وَآتَى الزَّكَاةَ وَلَمْ يَخْشَ إِلَّا اللَّهَ ۖ فَعَسَىٰ أُولَٰئِكَ أَنْ يَكُونُوا مِنَ الْمُهْتَدِينَ 18 ١٨

Albatta, Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga iymon keltirganlar, namozni to`kis ado etganlar, zakotni berganlar va Allohdan boshqadan qo`rqmaganlargina obod qilurlar. Ajab emaski, ana o`shalar hidoyat topguvchilardan bo`lsalar. (18)

Tafsir
Masjidlarni obod va himoya qilish yolgʻiz Allohga ishonadigan, U Zotga shirk keltirmaydigan, Qiyomat kuniga iymon keltiradigan, namozni toʻkis ado etadigan, zakot beradigan, Allohdan boshqa hech kimdan qoʻrqmaydigan zotlarning haqqidir. Mana shunday zotlarning toʻgʻri yoʻlda ekanidan umid bor. Mushriklar esa toʻgʻri yoʻldan naqadar yiroqda.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin