Sura At-Tawbah (Tavba — التوبة) (Oyat 2)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




9 At-Tawbah(التوبة), Oyat 2

فَسِيحُوا فِي الْأَرْضِ أَرْبَعَةَ أَشْهُرٍ وَاعْلَمُوا أَنَّكُمْ غَيْرُ مُعْجِزِي اللَّهِ ۙ وَأَنَّ اللَّهَ مُخْزِي الْكَافِرِينَ 2 ٢

Bas, yer yuzida to`rt oy sayr qilib yuringlar va bilinglarki, albatta, siz Allohni ojiz qoldiruvchi emassiz va, albatta, Alloh kofirlarni xor qilguvchidir. (2)

Tafsir
Ey mushriklar, yer yuzida toʻrt oy tinch yuraveringlar. Undan keyin bitim tugaydi va sizlarga omonlik boʻlmaydi. Shunga ishonchingiz komil boʻlsinki, modomiki, kufringizda davom etar ekansiz, hech qachon Allohning azobidan qutulib keta olmassiz. Yana ishonchingiz komil boʻlsinki, Alloh kofirlarni har ikki dunyoda xor qilgay. Bu dunyoda oʻlim topgay yo asir tushgay, Qiyomatda esa jahannamga ravona boʻlgay. Bu gap ahdini buzganlarga ham, bitimi malum muddat bilan bogʻlanmaganlarga ham tegishlidir. Lekin kim bilan muayyan muddatga bitim tuzilgan boʻlsa, garchi toʻrt oydan koʻp boʻlsa ham bitim muddati tugagunicha kutiladi.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin