Sura At-Tawbah (Tavba — التوبة) (Oyat 31)

Quyidagi qidiruv vositasidan foydalanib, ma’lum bir suradan bir yoki bir nechta tanlangan oyatlarni va ularning siz tanlagan tildagi tarjimasini ko‘ring.




9 At-Tawbah(التوبة), Oyat 31

اتَّخَذُوا أَحْبَارَهُمْ وَرُهْبَانَهُمْ أَرْبَابًا مِنْ دُونِ اللَّهِ وَالْمَسِيحَ ابْنَ مَرْيَمَ وَمَا أُمِرُوا إِلَّا لِيَعْبُدُوا إِلَٰهًا وَاحِدًا ۖ لَا إِلَٰهَ إِلَّا هُوَ ۚ سُبْحَانَهُ عَمَّا يُشْرِكُونَ 31 ٣١

Ular Allohni qo`yib o`zlarining hibr va rohiblarini hamda Masiyh ibn Maryamni Robb tutdilar. Ular faqat bitta ilohdan boshqaga ibodat qilmaslikka amr qilingan edilar. Undan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q. U zot ular shirk keltirayotgan narsadan pokdir. (31)

Tafsir
Yahudiylar oʻzlarining olimlarini, nasroniylar esa ruhoniylarini parvardigor qilib oldilar. Ular Alloh harom qilgan narsani halol, Alloh halol qilgan narsani esa harom qilib berdilar. Nasroniylar Masih Iyso ibn Maryamni Allohga qoʻshib, iloh deb bildilar. Holbuki, Alloh yahudiylarning olimlarini ham, nasroniylarning ruhoniylarini ham, Uzayrni ham, Iyso ibn Maryamni ham yolgʻiz Oʻzigagina bandalik qilishga buyurgandi. Har qanday nuqsondan pok Alloh yagona ilohdir. Undan oʻzga chin mabud yoʻqdir. Buyuk Parvardigor mushriklar va boshqalar aytayotgan nuqsonlardan pokdir.

Shuningdek, quyida taqdim etilgan aqlli qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin